Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Janubiy Koreya investisiyalar bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

AQSh va Janubiy Koreya investisiyalar bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Xyon va AQSh davlat kotibi Marko Rubio Vashingtonda muzokara o‘tkazdi. Tomonlar Janubiy Koreyaning AQSh iqtisodiyotiga investisiyalari va Seulning Hurmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlashdagi ehtimoliy roli borasidagi masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

Uchrashuvda AQSH–Janubiy Koreya munosabatlari, Koreya yarimorolidagi vaziyat, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar ko‘rib chiqildi. Muzokaralar kun tartibidan ikki davlat o‘rtasidagi investisiya kelishuvlarini amalga oshirish, KXDR atrofidagi vaziyat va Yaqin Sharqda dengiz qatnovi xavfsizligi o‘rin oldi.

2025 yilda Janubiy Koreya Vashington bilan savdo kelishuvi doirasida AQSh iqtisodiyotiga 350 mlrd dollar investisiya kiritish majburiyatini olgan. Kelishuv AQShning Janubiy Koreya importiga bojlarini 15 foizgacha pasaytirishni nazarda tutgan. Biroq investisiya paketi shartlari bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli uni amalga oshirish kechikmoqda.

Vashingtonga safaridan oldin Cho Xyon Seul Hurmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovi erkinligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, hukumat uchun Janubiy Koreya fuqarolari xavfsizligi ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 16:25 19.09.2026. O'qildi: 199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!