Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy:
▪️Eronga uyushtirilgan shafqatsiz hujum xalqaro gumanitar huquq tamoyillarini buzadi. BMTning barcha a’zo davlatlari AQSh va Isroilning sud qilinishi va javobgarlikka tortilishini talab qilishlari kerak.
▪️Biz buni amalga oshirishimiz kerak va men nafaqat Eron, balki butun xalqaro hamjamiyat ham AQSh va Isroilni javobgarlikka tortilishini istashiga ishonaman.
Tehronning BMTdagi vakili:
▪️“AQSh va Isroil yuqori texnologiyalardan insoniyat ravnaqi uchun emas fuqarolik infratuzilmasini yo‘q qilish maqsadida foydalanmoqda. Bu urush jinoyati”, - dedi u BMTning Insoniyat taraqqiyoti komissiyasi majlisida.
Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 40 kunlik urush davomida Eronda 100 mingdan ortiq aholi turar joy binolari, 800 dan ortiq maktablar, 300 dan ortiq tibbiyot muassasalari va 30 dan ortiq OTMlarga maqsadli zarbalar berilgan. (https://t.me/sputnikuzbek/65235)