AQSH-Hindiston savdo kelishuviga kuzda erishishi mumkin. Bu haqda Politico muzokaralarga yaqin ikki manbaga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Hindistondan savdo to‘siqlarini qisqartirish bo‘yicha ko‘rishni so‘ragan, buning evaziga faqat yaqinda joriy qilingan ba’zi tariflardan voz kechishni taklif qilgani uchun kelishuvni rasman imzolash qiyin bo‘lgan.
Hindiston fevral oyida AQSh bilan muzokaralarni boshlagan. Muzokarachilar qishloq xo‘jaligining ayrim masalalari, energiya xaridlari va tarifsiz to‘siqlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Aprel oyi oxirida Hindistonga tashrifi chog‘ida vise-prezident Jey Di Vens ikki tomon "muzokaralar shartlariga rasman rozi bo‘lganini" ma’lum qildi.