Qo‘shma Shtatlarning "Virtus Minerals" kompaniyasi va uning hindistonlik hamkori "Lloyds Metals & Energy" 2027 yil yanvardan Kongodagi "Chemaf" (Chemical of Africa) mis va kobalt konida to‘liq ishlab chiqarishni tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligiga kasaba uyushmasi vakili ma’lum qildi.
Mart oyida Vashington ko‘magida amalga oshirilgan kelishuvga ko‘ra, "Virtus" avvalroq Dubayda joylashgan "Shalina Resources" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan ushbu korxonani 30 million dollarga sotib oldi va uning 900 million dollarlik qarzini o‘z zimmasiga olgan. Bu kelishuv AQSh va Kongo DR o‘rtasidagi muhim mineral resurslar yetkazib berishni Xitoydan G‘arb bozorlariga yo‘naltirishga qaratilgan hamkorlik doirasidagi ilk yirik qadamdir.
"Virtus" rahbariyati xodimlarni saqlab qolish va ishlab chiqarishni tezroq tiklash ustuvor vazifa ekanini bildirdi. Biroq agentlik "Virtus" kompaniyasi tog‘-kon sanoatidagi tajribasini bo‘rttirib ko‘rsatgani loyiha uchun ma’lum xavflar tug‘dirishi mumkinligini qayd etdi.