AQSh va Eron vakillari shu haftaning o‘zidayoq Islomobodda muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda «Reuters» o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
«AQSh va Eronning muzokaralar guruhlari shu hafta oxirida Islomobodga qaytishi mumkin», — deyiladi materialda.
Shu bilan birga, qayd etilishicha, uchrashuvning aniq sanasi hozircha belgilanmagan.