AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar yaqin 24 soat ichida qayta tiklanadi — AQShning BMTdagi doimiy vakili.
Mayk Uols muhokama tafsilotlarini oshkor qilmasligini, biroq tomonlar o‘rtasidagi aloqalar yaqin orada davom etishini tasdiqladi.
Shu bilan birga, u Tramp ma’muriyati talab qilayotganidek, Eronning boyitilgan uran zaxiralarini Qo‘shma Shtatlarga topshirishi ehtimoli haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.
Ayni paytda, Uols barcha variantlar ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qilib, Tramp Eron bilan sulhni 22 apreldan keyin ham uzaytirishi mumkinligini istisno qilmadi.