Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh va Eron o‘rtasida sulhni uzaytirish bo‘yicha muhokama qilinayotgan memorandum tafsilotlari paydo bo‘ldi

AQSh va Eron o‘rtasida sulhni uzaytirish bo‘yicha muhokama qilinayotgan memorandum tafsilotlari paydo bo‘ldi

AQSh va Eron o‘rtasida sulhni uzaytirish bo‘yicha muhokama qilinayotgan memorandum tafsilotlari paydo bo‘ldi – Axios.

Bu haqda agentlik o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlariga ko‘ra, bu urushni tugatuvchi tinchlik shartnomasi emas, balki sulhni 60 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lib, uni yana uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Kelishuv quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:

– Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish va uni minalardan tozalash;

– AQSh tomonidan Eron portlariga qo‘yilgan blokadani olib tashlash va Tehron neftiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish;

– Boshqa sanksiyalarni bekor qilish va Eronning muzlatilgan aktivlarini yechish bo‘yicha muzokaralarni boshlash;

– Isroil va "Hizbulloh" o‘rtasidagi urushni to‘xtatish;

– Yadroviy masala kelishuv doirasidan tashqarida qoldirilgan, biroq Eronning yadro qurolini ishlab chiqmaslik va uranni boyitishni to‘xtatish majburiyati tilga olingan.

Tehron va Vashington hali bunday memorandum muhokama qilinayotganini rasman tasdiqlagani yo‘q, deyiladi agentlik xabarida.

Kiritildi: Bugun 08:11. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!