Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shahram G‘iyosov professional boksdagi ilk mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi

Shahram G‘iyosov professional boksdagi ilk mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi

Misrda tashkil etilgan professional boks oqshomida hamyurtimiz Shahram G‘iyosov angliyalik Jek Ketteral bilan bellashdi.

Ushbu jang oqshomi doirasida o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tarildi.

Mazkur jang kechasida hamyurtimizga angliyalik Jek Ketteral raqib bo‘ldi. Ushbu to‘qnashuv yarim o‘rta vazn toifasida WBA Regular kamari uchun tashkil etildi.

12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda afsuski Shahram ochkolar evaziga (109-118, 108-119, 111-116) imkoniyatni boy berdi. Jangning 1-raundida bokschimiz nokdaun holatiga ham tushib qoldi.

Bu bokschimiz uchun prof ringdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Shahram bungacha o‘tkazilgan 17 ta jangning barchasida g‘alabaga erishgandi.

Shu tariqa, Jek Ketteral yarim o‘rta vazn toifasida WBA Regular kamari sohibiga aylandi.

Kiritildi: Bugun 10:21. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!