Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh va Eron delegasiyalari muzokaralardan so‘ng Pokistonni tark etdi

AQSh va Eron delegasiyalari muzokaralardan so‘ng Pokistonni tark etdi

CBS News va CNN xabar berishicha, Islomoboddagi muzokaralar yakunlanganidan keyin AQSh delegasiyasidan hech kim Pokistonda qolmagan.

Manbalarga ko‘ra, Eron muzokarachilari guruhi ham Islomobodni tark etgan.

Avvalroq Al Arabiya Stiv Uitkoff va Jared Kushner Islomobodda qolib, muzokaralarni davom ettirishi mumkinligini xabar qilgan edi. Biroq keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, ular ham texnik jamoa bilan birga Pokistonni tark etgan.

Xabarda aytilishicha, Jey Di Vens samolyoti yoqilg‘i quyish uchun Ramshtayn aviabazasiga qo‘ngan va keyin AQShga yo‘l olishi rejalashtirilgan.

Pokiston vositachiligidagi muzokaralar 11 aprel kuni boshlangan edi. Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvlar qariyb 20 soat davom etgan.

Eron tashqi ishlar vazirligi tomonlar ikki yoki uch asosiy masala bo‘yicha kelishuvga erisha olmaganini, ammo muzokaralar davom etishiga umid saqlanayotganini bildirdi.

Kiritildi: 23:09 12.04.2026. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!