Kopengagen esa bu qarorni qo‘llab-quvvatladi.
AQSh vise-prezidentining rafiqasi Usha Vens Grenlandiyada o‘tkaziladigan bir qator tadbirlarda qatnashishni rejalashtirgan edi. Biroq Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bu tashrifni yarim avtonom maqomga ega Grenlandiyaga nisbatan "qabul qilib bo‘lmas bosim" deya baholadi.
Shundan so‘ng, Oq uy AQSh delegasiyasining orolga tashrifini cheklash haqida qaror qabul qildi. Endilikda delegasiya rahbari Jey Di Vens faqat Grenlandiya shimolida joylashgan amerikaliklarga tegishli Pituffik kosmik bazasiga tashrif buyuradi. Frederiksen esa bu qarorni "juda ijobiy qadam" sifatida baholadi.
E’tiborli jihati shundaki, AQSh prezidenti Donald Tramp avval ham bir necha bor Grenlandiyani anneksiya qilish istagi borligini aytgan edi. Tramp o‘z tashabbusiga "strategik maqsadlar" va "milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan zaruriyat", deya izoh bergan edi.