Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh o‘z iqtisodiyoti atrofida to‘siqlar qurish va tariflar bilan tahdid solayotgan bir paytda, Xitoy o‘z iqtisodiyotini ochmoqda

AQSh o‘z iqtisodiyoti atrofida to‘siqlar qurish va tariflar bilan tahdid solayotgan bir paytda, Xitoy o‘z iqtisodiyotini ochmoqda

Qo‘shma Shtatlar asosiy savdo hamkorlariga bojlar joriy qilish bilan tahdid qilmoqda. Shu bilan birga, Xitoy Global Janub davlatlari bilan savdoni kengaytirish orqali dunyoning ishlab chiqarish va texnologik innovasiyalar markazidagi o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.

Agar Amerikaning globallashuvdagi roli to‘xtovsiz o‘sib borayotgan qarz asosida dunyo mahsulotlari va resurslarini iste’mol qilish bo‘lgan bo‘lsa, Xitoyning roli xalqaro bozor uchun moddiy tovarlar ishlab chiqarishdan iborat bo‘ldi.

Xitoy o‘z iqtisodiyotini, ayniqsa Global Janub mamlakatlari uchun ochmoqda.

2024 yil dekabr oyidan boshlab Xitoy eng kam rivojlangan mamlakatlardan keltirilayotgan tovarlarga barcha tariflarni bekor qildi. Xitoy Bosh vaziri Li Quang ham Xitoyni global investisiyalar uchun iqtisodiy imkoniyat sifatida ta’rifladi.

Kiritildi: 20:48 24.02.2025. O'qildi: 1815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!