AQSh hukumati 30 sentyabrgacha AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligining (USAID) barcha xorijdagi vakolatxonalarini tugatishni va uning dasturlari ustidan nazoratni bevosita Davlat departamentiga topshirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Guardian gazetasi ichki hujjatga tayanib yozmoqda.
"Davlat kotibi Marko Rubio Guardian tomonidan qo‘lga kiritilgan xatda agentlikning butun xalqaro xodimlarini tugatib, tashqi yordam dasturlari ustidan nazoratni bevosita Davlat departamentiga topshirishni buyurgan”, — deb yozadi nashr.
Bu jarayon dunyo bo‘ylab USAIDning yuzlab xodimlariga, jumladan, 100 dan ortiq mamlakatlardagi diplomatik xizmat xodimlari, pudratchilar va mahalliy xodimlarga ta’sir qilishi kutilmoqda.