Tallaxassi shahridagi universitetlar kampusida noma’lum shaxs o‘t ochdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning Florida shtati universitetida sodir bo‘lgan otishmada to‘rt kishi yaralandi. Xabar qilinishicha, hujumchi hamon kampus atrofida qolmoqda.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan taxminan soat 12:00da Tallaxassidagi universitet kampusida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan polisiya hujumchini zararsizlantirish choralarini ko‘rmoqda.
Tallaxassi memorial kasalxonasi jarohatlanganlar hali ham kasalxonaga yetkazilayotganini tasdiqladi.
Universitetdagi barcha darslar vaqtincha to‘xtatildi. Guvohlarning aytishicha, qurollangan shaxs talabalarning yaqin hamkori bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ularning so‘zlariga ko‘ra, polisiya voqea joyida xavfsizlikni kuchaytirmoqda va hujumchini qo‘lga olish yoki zararsizlantirish ustida ishlamoqda.