Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Ummon muzokaralarida Eronni uranni boyitishni to‘xtatishga chaqirmadi

AQSh Ummon muzokaralarida Eronni uranni boyitishni to‘xtatishga chaqirmadi

AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiven Uitkoff Ummonda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bilan muzokaralar chog‘ida Tehrondan uran boyitish dasturidan butunlay voz kechishini talab qilmadi.

Bu haqda The New York Times (NYT) nashri xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, Uitkoff "mavjud materiallar qurollarda qo‘llanilmasligi"ni ta’minlashga e’tibor qaratishni taklif qilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, muzokaralarning birinchi raundi Eron uchun muvaffaqiyatli bo‘lgan, chunki bu muzokaralarni yangi bosqichga olib chiqish uchun zarur bo‘lgan asosiy maqsadlarga erishish imkonini bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar yaxshi ketayotganini aytgandi.

"Eron bilan vaziyat ancha yaxshi rivojlanmoqda", dedi u prezident samolyoti bortida jurnalistlarga.

Kiritildi: 12:18 13.04.2025. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!