Tramp ma’muriyati AQShda qolish muddati tugagan ayrim ukrainaliklarni urush ketayotgan vatanga qaytarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Advokatlar ICE (Immigrasiya va bojxona xizmati) yana ko‘plab ukrainaliklarni deportasiya qilishga urinyapti, ba’zilariga 17 noyabr kuni maxsus harbiy reyslar bilan Ukraina yoki Polshaga olib ketilishi aytilganini bildirmoqda.
Ukrainaning AQShdagi elchisi Olha Stefanishina taxminan 80 nafar ukrainalik AQSh qonunlarini buzganlik uchun deportasiya ro‘yxatida ekanini tasdiqladi. Uchrashuvlar davom etayotgani, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bo‘lmagani tufayli logistika murakkabligi ta’kidlanmoqda.
“AQSh qancha odamni istasa deportasiya qilsin — biz ulardan foyda topamiz”, dedi Zelenskiy maslahatchilaridan biri esa anonim tarzda.
Ayrim advokatlar ukrainaliklar qo‘rquv asosida boshpana so‘rash huquqidan mahrum qilinayotganini va bu noqonuniy ekanini aytmoqda.
“Ukraina urush holatida. Deportasiya qilinganlar armiyaga majburan olinib, frontga yuborilishi ehtimoli juda yuqori”, dedi advokatlar.
2024 yilda Qo‘shma Shtatlardan 53 nafar ukrainalik deportasiya qilingandi.