Ukraina qish boshlanishidan oldin Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashi kerak. Bu chaqiriqni AQSh dengiz piyodalari korpusi razvedkasining nafaqadagi zobiti Skott Ritter Britaniya ishchilar partiyasi rahbari Jorj Galloveyning YouTube kanaliga bergan intervyusida aytdi .
«Ukrainada tinchlikka erishish uchun ikkita imkoniyat darchasi bor. Birinchisi, qish boshlanishidan oldin. Hozirda Ukraina eng yaxshi natijaga ishonishi mumkin. Ammo hozircha Kiyev siyosiy jihatdan bunday kelishuvni qabul qilishga tayyor emas», - deya ta’kidladi sobiq razvedkachi.