Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.
AQSh ma’muriyati Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatmasa, Amerika qurollarini xarid qilishga mo‘ljallangan PURL dasturi faoliyatini to‘sib qo‘yishini bildirgan. Bu haqda Financial Times gazetasi Yevropa rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, amerikalik rasmiylar dam olish kunlari yevropalik hamkasblariga qo‘ng‘iroq qilib, Kiyev va Yevropa poytaxtlariga Rossiya neft zavodlariga hujumlarni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazgan. Vashington razvedka ma’lumotlari almashinuvini to‘xtatish ehtimolini ham bildirgan.
Avvalroq Axios nashri Stiv Uitkoff va Jared Kushner Mayamidagi uchrashuvda Ukraina delegasiyasini ogohlantirgani haqida xabar bergan edi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatish talabini bajarmasa, AQSh Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini berishni to‘xtatishi mumkin.