Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Ukrainaga kiberxavfsizlik sohasidagi yordamini qisqartirdi

AQSh Ukrainaga kiberxavfsizlik sohasidagi yordamini qisqartirdi

AQSh Ukrainaga kiberxavfsizlik sohasidagi yordamini qisqartirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yuritayotgan o‘nlab ukrainalik va amerikalik mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilingan yoki to‘xtatib qo‘yilgan. Bu Ukrainani kiberhujumlardan himoya qilishni moliyalashtirgan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyatiga ajratilgan mablag‘larning qisqartirilishi bilan bog‘liq.

Shuningdek, nashr muxbirlariga ma’lum qilinishicha, Ukraina infratuzilmasini himoyalash uchun mo‘ljallangan kompyuter uskunalari va dasturiy ta’minotning rejalashtirilgan yetkazib berilishi ham amalga oshirilmagan.

Vashington mablag‘lari Kiyev uchun kiberxavfsizlikni ta’minlashda eng yirik moliyaviy manba bo‘lib kelgan. Bloomberg manbalariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida USAID bu maqsadda 200 million dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

Fevral oyida Donald Tramp ma’muriyati USAID shartnomalarining 90 foizini bekor qilish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Ushbu qaror natijasida Qo‘shma Shtatlarning butun dunyo bo‘ylab ko‘rsatadigan yordami 60 milliard dollarga kamayadi. Mart oyida esa Davlat kotibi Marko Rubio agentlik dasturlarining 83 foizi yopilishini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 19:29 26.04.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!