Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishni davom ettirmoqda

 AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishni davom ettirmoqda

AQSh "darhol" razvedka ma’lumotlari almashinuvini tiklaydi va Ukrainaga harbiy yordamni tiklaydi. Bu haqda Vashington va Kiyevning Jiddadagi muzokaralaridan so‘ng chop etilgan qo‘shma bayonotda aytilgan. O‘z navbatida, Ukraina AQSh taklif qilgan 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘ladi, bu kelishuv tomonlarning o‘zaro roziligi bilan uzaytirilishi mumkin, shuningdek, Rossiya kelishuvni bir vaqtning o‘zida bajarishi sharti bilan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Moskvaning roziligiga umid bildirdi. Davlat kotibi Marko Rubioning ta’kidlashicha, endi qaror Rossiyaga tegishli. “Biz bu taklifni Rossiyaga olib bormoqdamiz va ular tinchlikka rozi bo‘lishiga umid qilamiz”, — dedi u muzokaralar muvaffaqiyatini Trampning sa’y-harakatlari bilan bog‘lab.

Saudiya Arabistonidagi muzokaralar 28-fevral kuni Oq uyda Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi ommaviy mojarodan keyingi birinchi muzokara bo‘ldi. O‘shandan beri davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qolmoqda, Vashington harbiy yordam va razvedka ma’lumotlari almashishni to‘xtatdi, Kiyev esa asosiy ittifoqchisi bilan aloqalarni tiklashga urinmoqda.

Uchrashuv arafasida Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi, Kiyev rasmiylari buni Putinga kelishuv zarurligi to‘g‘risidagi “signal” ekanligini aytdi. Ayni paytda Parijda NATO yetakchilari AQSh ishtirokisiz Ukraina uchun ehtimoliy xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga hozirlik ko‘rmoqda. O‘z navbatida, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Jiddadagi muzokaralarni mojaroni hal qilish yo‘lidagi "ijobiy qadam" deb atadi va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer keyingi harakatlarni muhokama qilish uchun xalqaro yig‘ilish chaqirilishini e’lon qildi.

Kiritildi: 13:46 12.03.2025. O'qildi: 1173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!