Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Ukrainaga 1 milliard dollarlik yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi

AQSh Ukrainaga 1 milliard dollarlik yordam ko‘rsatadigan bo‘ldi

Payshanba kuni AQSh Senatining mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitasi Tramp ma’muriyati Kongressdan bu mablag‘ni byudjetdan chiqarib tashlashni so‘raganiga qaramay, Ukrainaga qariyb 1 milliard dollar yordam ko‘rsatadigan mudofaa byudjeti loyihasini ma’qulladi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berishdi. Qo‘mita 2026-moliya yili uchun 852 milliard dollar miqdorida mudofaa moliyalashtirishni ma’qulladi, bu Tramp ma’muriyati so‘raganidan 21,7 milliard dollarga (2,6 foiz) ko‘pdir. Qarorni 29 senatordan 26 nafari qo‘llab-quvvatladi.

Qonun loyihasi Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (USAI) uchun 800 million dollar va Boltiq bo‘yi xavfsizligi tashabbusi uchun 225 million dollarni o‘z ichiga oladi — bu mablag‘larning muhim qismi ham Ukrainani Rossiya bilan urushda qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Mudofaa xarajatlari bo‘yicha quyi qo‘mitaga raislik qiluvchi demokrat senator Kris Kuns “Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bir milliard dollar deb aytgan bo‘lardim.

Qayd etilishicha, kuchga kirishi uchun byudjet to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatda to‘liq ovoz berishdan o‘tishi, Vakillar palatasi versiyasi bilan kelishilishi va prezident Tramp tomonidan imzolanishi kerak.

Kiritildi: 08:40 01.08.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!