Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh Ukrainadan BMTda Rossiyaning bosqinini qoralovchi rezolyusiyani qaytarib olishni talab qildi

AQSh Ukrainadan BMTda Rossiyaning bosqinini qoralovchi rezolyusiyani qaytarib olishni talab qildi

B uhaqda The Washington Post nashri xabar bermoqda.

Qo‘shma shtatlari hukumati BMTda urushning uchinchi yilligiga munosabati bilan AQSh tomonidan tayyorlangan rezolyusiyaning "yumshatilgan" varianti uchun ovoz berilishini istaydi. Shu bilan birga, avvalroq AQSh hukumati Kiyevga bosim o‘tkazib, agressiyani qoralovchi Ukraina rezolyusiyasidagi ifoda shakllarini yumshatishni talab qilgan, deb xabar beradi gazeta.

The Washington Post manbalariga ko‘ra, Vashingtonning bu taklifi Kiyevni hayratga solgan, Zelenskiy mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga hujjatni qaytarib olmaslikni buyurgan. Ukrainada AQSh tomonidan taklif etilgan variantni "rossiyaparast"deb atashmoqda.

"Hayratlanarlisi shundaki, AQSh ma’muriyati vakillari Ukrainaga bosim o‘tkazyapti, lekin rossiyaliklarga emas", — deya munosabat bildirdi ukrainalik rasmiy.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda tayyorlagan rezolyusiya bo‘yicha ovoz berish 24 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:48 22.02.2025. O'qildi: 1348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!