Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Ukrainada joriy yil oxirigacha prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilishini istaydi — Trampning maxsus vakili Kit Kellog

A A A
AQSh Ukrainada joriy yil oxirigacha prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilishini istaydi — Trampning maxsus vakili Kit Kellog

Qo‘shma Shtatlar prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Reuters agentligiga bergan intervyusida Ukrainada urush sabab to‘xtatilgan prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish zarurligini aytdi.

"Aksariyat demokratik mamlakatlarda urush vaqtida ham saylovlar o‘tkaziladi. Menimcha, bu muhim. Bu demokratiya uchun foydali, deb o‘ylayman", – deya ta’kidladi Kellog.

Avvalroq Donald Tramp uning ma’muriyati Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish ustida ishlayotganini aytgan edi. Hozirgacha AQSh prezidenti ham, uning maxsus vakili ham urushni tugatish bo‘yicha strategiya tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Reuters manbalariga ko‘ra, Kellog va Oq uyning boshqa rasmiylari so‘nggi kunlarda Ukraina rasmiylarini saylovlarni o‘tkazishga undash masalasini dastlabki sulh doirasida muhokama qilgan.

"Tramp administrasiyasi, shuningdek, avval Ukraina va Rossiya o‘rtasida sulhga erishish va keyin to‘laqonli tinchlik kelishuvini ishlab chiqish masalasini ham muhokama qilmoqda. Agar Ukrainada prezidentlik saylovi o‘tkazilsa, unda g‘alaba qozongan shaxs Moskva bilan uzoq muddatli kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun mas’ul bo‘lishi mumkin", deya qayd etadi agentlik.

Kiritildi: 23:16 01.02.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!