Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Ukraina va Rossiya bilan uch tomonlama uchrashuvni keyinga qoldirishni taklif qildi

AQSh Ukraina va Rossiya bilan uch tomonlama uchrashuvni keyinga qoldirishni taklif qildi

Ukraina, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi shu haftaga rejalashtirilgan uch tomonlama uchrashuv AQSh ma’muriyati tashabbusi bilan qoldirildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deb xabar beradi Anadolu Ajansı agentligi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Eron bilan qurolli mojaro tufayli tinchlik muzokaralarini keyinga qoldirishni taklif qildi.

"Ushbu haftaga rejalashtirilgan uch tomonlama uchrashuv Eron atrofidagi vaziyat tufayli Qo‘shma Shtatlar taklifiga binoan qoldirildi", - dedi Vladimir Zelenskiy.

Avvalroq, 2026 yil 25 fevralda Moskva, Kiyev va Vashington ishtirokidagi Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv mart oyining boshiga qoldirilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina bo‘yicha avvalgi uch tomonlama muzokaralar Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:35. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!