Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Ukraina fonida Koreya yarim orolida keskinlikni keltirib chiqarmoqdami?

AQSh Ukraina fonida Koreya yarim orolida keskinlikni keltirib chiqarmoqdami?

KXDRning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi Koreya xalq armiyasi (KXA) askarlarining Rossiyaga jo‘natilgani haqidagi iddaolarni asossiz mish-mishlar deya rad etdi.

Ukrainada Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) qo‘shinlari borligi tasdiqlansa, AQSh Kongressining harbiy javob choralari ko‘rish haqidagi chaqiriqlari Koreya yarimorolidagi keskinlikni kuchaytirmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko OAVga.

«Menimcha, bunday bayonotlar Koreya yarim orolidagi vaziyatni yanada keskinlashtiradigan provokasion spekulyasiyalardan boshqa hech qanday tarzda tasniflanmasligi kerak», — dedi u.

AQSh Kongressi Vakillar palatasining razvedka bo‘yicha doimiy tanlov qo‘mitasi raisi Mayk Tyorner (Ogayo shtatidan respublikachi) Vashington ma’muriyati KXDR qo‘shinlari Ukraina hududida paydo bo‘ladigan bo‘lsa, ularga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy choralar ko‘rish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rishni taklif qildi.

«Agar Shimoliy Koreya qo‘shinlari Ukrainaning suveren hududiga bostirib kirsa, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya qo‘shinlariga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy chora ko‘rish masalasini jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak», dedi Tyorner chorshanba kuni e’lon qilingan yozma bayonotda.

KXDRning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Koreya xalq armiyasi (KXA) askarlarining Rossiyaga jo‘natilgani haqidagi iddaolarni asossiz mish-mishlar sifatida rad etdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham OAVda KXA harbiy xizmatchilarining Ukrainadagi urushda ishtirok etishi haqidagi xabarlar soxta xabar ekanini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:36. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!