Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Ukraina yer osti boyliklariga kirmoqda. Jamg‘arma ishga tushdi!

AQSh Ukraina yer osti boyliklariga kirmoqda. Jamg‘arma ishga tushdi!

AQSH–Ukraina yer osti boyliklari kelishuvi doirasidagi jamg‘armani rasman ishga tushirish haqida e’lon qilindi.

"Bugun Ukraina va AQSh jamg‘arma ishga tushishi uchun barcha rasmiy jarayonlarni yakunladi. Oxirgi qadam Qo‘shma Shtatlardan diplomatik nota edi, bu hujjatni men bugun tongda Vashingtonning Ukrainadagi vaqtinchalik vakili Juli Devisdan shaxsan oldim. Jamg‘arma rasman ish boshladi", — deb yozadi Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko.

Shu bilan birga, e’lon qilingan va imzolangan kelishuvda ma’lum qilinishicha, jamg‘armaning amaliy faoliyati faqatgina asosiy hujjat “Cheklangan sheriklik to‘g‘risidagi” shartnoma hamda “Jamg‘arma nizomi” imzolangandan keyingina boshlanishi mumkin. Ammo hozirgacha bu hujjatlar imzolangani haqida hech qanday rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Kiritildi: 21:16 23.05.2025. O'qildi: 719 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!