Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Qo‘shma Shtatlarning NATO'dagi elchisi Mettyu Uitakerning aytishicha, Vashington Ukraina - Rossiya urushi iyun oyigacha yakunlanishi uchun hech qanday muddat belgilamagan.
"AQSh jangovar harakatlar tezroq to‘xtatilishini va tomonlar muzokaralar stoliga o‘tirishini istaydi, biroq buning uchun aniq sanalar belgilanmagan", — deya Uitaker.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh urushni yoz boshiga qadar yakunlashni ko‘zlayotgani va muzokaralar uchun aniq jadval taklif qilayotganini aytgan edi.