AQSh transport departamentining sobiq bosh inspektori Meri Skyavoning aytishicha, Vashington osmonida samolyot bilan to‘qnashgan vertolyot uchuvchisi osmonda harakatlanayotgan noma’lum yorug‘likni o‘zi kuzatib borishi kerak bo‘lgan samolyot deb adashgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda "RIA Novosti" yozmoqda.
Meri Skyavoning so‘zlariga ko‘ra, "samolyot qo‘ngan hududda yana bir yorqin yorug‘lik paydo bo‘lgan, shuning uchun vertolyot ekipaji noto‘g‘ri samolyotni kuzatgan bo‘lishi mumkin". U voqea aks etgan videoni tomosha qilganidan keyin shunday fikr bildirdi.
Meri Skyavo videoni tomosha qilar ekan, u "haqiqatdan ham tinch bo‘lmagan harakatsiz yorug‘likka emas, balki harakatlanuvchi yorug‘likka e’tibor qaratganini" ta’kidladi:
- Bu shunchaki nuqtai nazar masalasi. Vertolyot uchuvchisi diqqatini yorqinroq, harakatlanuvchi yorug‘likka qaratgan va uni o‘zi kuzatayotgan samolyot bilan adashtirgan bo‘lishi mumkin degan xavotirlar bor.
Mutaxassis, shuningdek, vertolyot juda ham balandlikda bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.