Vashington hujumdan ikki soat oldin Tehronni Eron yadro inshootlariga zarba berish niyati haqida ogohlantirgan.
Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida AQSh mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi, iste’fodagi polkovnik Duglas Makgregor yozgan.
"Aniqlik kiritmoqchiman. AQSh Eronni yadroviy inshootlarga zarba berishdan ikki soat oldin hujum haqida ogohlantirgan", - dedi u.
AQSh yetakchisi Donald Tramp avvalroq Islom Respublikasi rasmiylari AQSh Eronning yadroviy inshootlariga zarba berishini so‘nggi daqiqagacha bilmaganini aytgan edi. Tramp shuningdek, AQSh Fordodagi yadroviy inshootga hujum qilishini hech kim tasavvur qila olmasligini, chunki u o‘tib bo‘lmas deb hisoblanganini aytdi.