Amerika Qo‘shma Shtatlari Tayvanga M1A2T Abrams tanklarining ikkinchi partiyasini yetkazib berdi.
Bu haqda Taipei Times gazetasi xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 42 ta tank yakshanba kuni yetib kelgan va ular orol shimoli-g‘arbidagi Sinchju okrugidagi tank tayyorlash bo‘limiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2,2 milliardga 108 ta Abrams tankini sotish bo‘yicha kelishuv 2019 yilda Tayvanning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida Vashington tomonidan tasdiqlangan edi. 38 ta mashinaning birinchi partiyasi 2024 yil oxirida yetkazib berilgan va "Xanguan 2025" mashg‘ulotlarida allaqachon foydalanilgan.
Uchinchi va oxirgi partiya (28 ta tank) 2026 yilda yetkazib berilishi kutilmoqda.