Qo‘shma Shtatlar Suriyaga qarshi sanksiyalar va eksport nazorati yumshatilganini e’lon qildi.
Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma’lum qilgan.
"Qo‘shma Shtatlar Suriyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida e’tirof etishni ko‘rib chiqishda davom etadi”, — deyiladi departament o‘z veb-saytidagi bayonotda.
Bayonotga ko‘ra, sanksiyalar 180 kunga to‘xtatilgan, biroq Suriya bo‘yicha Sezar qonuni bo‘yicha cheklovlar Rossiya va Eron bilan bitimlar uchun amalda qolmoqda. Amerika fuqarolik tovarlari, texnologiyasi va dasturiy ta’minotini Damashqqa o‘tkazishga ruxsat berilgan.
AQSh Suriyaning sobiq prezidenti Bashar al-Assadga qarshi sanksiyalarni davom ettirmoqda.