AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish uchun jadal ishlamoqda.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus ma’lum qildi.
"Muayyan sanani aytmagan holda aytishim mumkinki, bu biz o‘rganganimizdan tezroq amalga oshiriladi", dedi u. Prezident Donald Trampdan ko‘rsatma kelgan taqdirda ham mamlakatga qarshi sanksiyalarni bekor qilish vaqt talab qilishini ta’kidlagan Bryus, Davlat departamenti ham, tegishli idoralar ham bu jarayon ustida jadal ish olib borayotganini qo‘shimcha qildi.