Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Suriyadan juftakni rostlamoqda

AQSh Suriyadan juftakni rostlamoqda

AQSh Mudofaa vazirligi Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqish rejalarini tayyorlamoqda.

Bu haqda NBC News telekanaliga AQSh Mudofaa vazirligi vakillari ma’lum qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, prezident Donald Tramp va Vashington ma’muriyatining 10 ga yaqin vakili yaqinda AQSh qo‘shinlarining Suriyadan to‘liq olib chiqilishidan manfaatdor ekanini bildirgan.

AQShning yangi ma’muriyatining bu bayonoti Pentagon rasmiylarini bu qadamni 30, 60 yoki 90 kun ichida amalga oshirish rejalarini ishlab chiqishga undadi.

Kiritildi: 23:35 05.02.2025. O'qildi: 2189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!