AQSh harbiylari Suriyadagi Eronparast guruhlarga aloqador to‘qqizta nishonga zarba berdi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, hujum "so‘nggi 24 soat ichida Suriyadagi AQSh xodimlariga qilingan bir necha hujumlarga javoban".
“Ushbu zarbalar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan guruhlarning AQSh va koalisiya kuchlariga qarshi bo‘lajak hujumlarni rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyatini pasaytiradi”, deb qo‘shimcha qildi CENTCOM.