Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Diyora Keldiyorova qachon tatamiga qaytadi?

Diyora Keldiyorova qachon tatamiga qaytadi?

Dzyudo bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorovaning tarixiy g‘alabasi ko‘pchilik yoshlar, ayniqsa, yosh qizlar uchun juda katta motivasiya bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Olamshumul chempionligi bilan minglab hamyurtlarimizda sog‘lom turmush tarziga qiziqish uyg‘ota olgan sportchimizga ayrim savollar bilan yuzlandik.

– Sizni yana qachon tatamida ko‘ramiz?
– Hozir jarohatlarimni davolayapmiz. Shuning uchun aniq bilmayman. Kelgusi Olimpiadagacha yana 4 yil vaqtimiz bor. Shuning uchun ham hozir ozgina ta’tildamiz. O‘tgan Olimpiadada COVID-19 pandemiyasi bo‘lgani uchun Parij-2024 sikli qisqaroq bo‘ldi. So‘nggi 7 yil umuman dam olmadik, desam ham bo‘ladi. Shuning uchun ham hozir hordiq chiqaryapman va shu paytgacha bezovta qilgan barcha jarohatlarimni tuzatyapmiz.

– Yangi Olimpiada siklida vazn toifangizni o‘zgartirasizmi?
– Yo‘q, o‘zgartirmayman. Bunday rejam yo‘q.

– Ortingizdan dzyudoga kelayotgan yosh qizlar sezilarli darajada ko‘payib ketayotganini Siz ham sezayotgandirsiz. Buni hissiyotini ulasha olasizmi?
– Albatta, bundan juda xursandman. To‘g‘risi, dzyudoga kelayotgan qizlar bunchalik ko‘payishini kutmagan edim. O‘zbekistonda ayollar sportini rivojlanishi uchun ozgina bo‘lsa ham hissa qo‘shgan bo‘lsam, judayam xursandman. Buning ortidan opa-singillarimiz sog‘lom turmush tarzini tanlashyapti. Sog‘lom onadan sog‘lom farzand dunyoga keladi. Bu, albatta, professional sportda ham «meva»sini ko‘rsatadi. Bizda (ayollar dzyudosida) raqobat unchalik ham kuchaymagan edi. Chunki avval dzyudochi qizlar soni kam edi. O‘ylaymanki, yaqin davrda raqobatni bugungidan ham kuchaytiramiz. Har bir vaznda yetakchilikka da’vogarlarni 10 taga yetkazib olsak, bu ayollar dzyudosida juda katta ko‘tarilish bo‘ladi.

Kiritildi: 18:49 13.11.2024. O'qildi: 3156 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!