Suriya Tashqi ishlar vazirligi Qo‘shma Shtatlar Damashqdagi aviabazaga o‘z qo‘shinlarini joylashtirishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Bu haqda SANA davlat agentligi vazirlikdagi manbaga tayanib ma’lum qilgan.
"Suriya tashqi ishlar vazirligidagi manba bu xabarlar yolg‘on ekanligini tasdiqladi", — deb yozadi nashr.
Avvalroq Vashington Suriya va Isroil o‘rtasidagi xavfsizlik kelishuviga ko‘maklashish uchun Suriya poytaxtidagi aviabazaga qo‘shinlarini joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar qilingandi.