Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Suriya prezidentiga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqchimi?

AQSh Suriya prezidentiga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqchimi?

Reuters agentligining xabar berishicha, AQSh 10 noyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan Donald Tramp va Suriya rahbari Ahmad al-Shara uchrashuvi oldidan BMT Xavfsizlik Kengashiga Suriya prezidentiga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi rezolyusiya loyihasini taqdim etgan.

Manbaga ko‘ra, hujjatda Suriyaning ichki ishlar vaziri Anas Xattobga nisbatan ham sanksiyalarni bekor qilish taklif etilgan.

Rezolyusiya qabul qilinishi uchun kamida to‘qqizta mamlakat “ha” deb ovoz berishi va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari — Rossiya, Xitoy, AQSH, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan veto qo‘yilmasligi talab etiladi.

Kiritildi: 14:07 05.11.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!