Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh sudi Tramp ma’muriyatiga Associated Press agentligiga Oq uyning Oval kabinetiga kirish huquqini qaytarishni buyurdi

AQSh sudi Tramp ma’muriyatiga Associated Press agentligiga Oq uyning Oval kabinetiga kirish huquqini qaytarishni buyurdi

Federal sudya Trevor Makfadden AQSh Konstitusiyasining birinchi tuzatmasiga, ya’ni so‘z va matbuot erkinligini kafolatlovchi moddasiga tayanib qaror chiqardi. Endi Tramp ma’muriyati AP muxbirlarini, agar boshqa jurnalistlarga ruxsat berilsa, prezident samolyotiga va boshqa binolarga kiritishi shart.

Associated Press xodimlariga fevral oyi o‘rtalarida Oq uyning Oval kabinetiga kirish taqiqlangandi. Bunga tahririyatning Donald Trampning farmoniga qaramay, o‘z nashrlarida Meksika ko‘rfazi nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartirishni rad etgani sabab bo‘lgandi. Oq uy matbuot xizmati agentlikni "noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda" aybladi.

Shundan so‘ng, AP Oq uy ma’muriyati rahbari Syuzan Uayls, uning o‘rinbosari Teylor Budovich va AQSh prezidentining matbuot kotibi Kerolayn Livittga qarshi sudga da’vo arizasi kiritgandi.

Kiritildi: 12:46 09.04.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!