Delaver shtati Oliy sudi Ilon Maskning 2018 yildagi mukofot paketini bekor qilgan quyi instansiya qarorini bekor qildi. Sud apellyasiyani qanoatlantirib, ramziy tarzda 1 dollar to‘lanishini belgiladi.
Qarorda mukofot paketini bekor qilish «haddan tashqari» chora ekani, bunday qarorlar faqat «ochiq-oydin zarurat» bo‘lganda qabul qilinishi kerakligi qayd etildi.
Avvalroq, 2024 yil yanvar oyida sudya Ketalin Makkormik qiymati taxminan 56 mlrd dollar bo‘lgan paketni «adolatsiz belgilab qo‘yilgan» deb baholab, uni bekor qilishga yo‘l ochgan edi. Keyinchalik Mask kompaniyani Delaverdan Texasga ko‘chirish rejasini e’lon qilgan.
Aksiyalar qimmati oshishi ortidan mazkur paketning qiymati 100 mlrd dollardan oshgani aytilmoqda.