Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh strategik neft zaxirasidan 172 million barrel neftni bozorga chiqarmoqchi

AQSh strategik neft zaxirasidan 172 million barrel neftni bozorga chiqarmoqchi

AQSh Energetika vaziri Kris Raytning ma’lum e’lon qilishicha, bu qarorni prezident Donald Tramp tasdiqlagan.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, neft yetkazib berish kelasi haftadan boshlanadi va taxminan 120 kun davom etadi.

Avvalroq Xalqaro energetika agentligiga a’zo davlatlar jahon bozoridagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida jami 400 million barrel neftni bozorga chiqarishga kelishib olgan.

Kris Raytning ta’kidlashicha, keyingi bir yil davomida AQSh strategik zaxiralarni to‘ldirish uchun taxminan 200 million barrel neft sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu chiqarilgan hajmdan taxminan 20 foizga ko‘p.

Neft narxlarining oshishiga AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroning keskinlashuvi sabab bo‘lgan. Eron amalda Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi. Bu bo‘g‘oz Fors ko‘rfazi davlatlaridan neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan tabiiy gaz tashishdagi asosiy yo‘l hisoblanadi. Jahon neft ta’minotining taxminan 20 foizi shu yo‘l orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!