Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh strategik neft zaxirasi 1982 yildan beri eng past darajaga tushdi

AQSh strategik neft zaxirasi 1982 yildan beri eng past darajaga tushdi

AQShning strategik neft zaxirasi 1982 yil oktyabridan beri eng past darajani qayd etdi.

RIA Novosti AQSh Energetika vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, mamlakat strategik neft zaxirasi 283,8 million barrelgacha kamaygan.

"AQShning strategik neft zaxirasi 1982 yil oktyabridan beri eng past darajani yangilab, 283,8 million barrelga tushdi", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bundan ham past ko‘rsatkich so‘nggi bor 1982 yil 22 oktyabrda yakunlangan haftada kuzatilgan. O‘shanda zaxira hajmi 283,393 million barrelni tashkil etgan.

Kiritildi: 23:30 28.09.2026. O'qildi: 357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!