Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar yordam ajratishni taklif qilmoqda

AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar yordam ajratishni taklif qilmoqda

AQSh senatorlari yangi qonun loyihasi orqali Ukrainaga 54,6 mlrd dollarlik yordam ajratishni taklif qilmoqda. Mablag‘ning bir qismi muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olinadi.

AQShda ikki partiya vakillari — demokrat Jinn Sheyxin va respublikachi Liza Merkauski 31 iyul kuni Ukrainaga navbatdagi ikki yilda 54,6 mlrd dollar miqdorida yordam ajratishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. DW’ning yozishicha, taklif etilayotgan yordam bir necha manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

Aniqlanishicha, ushbu mablag‘ning uchdan biri — 18,2 mlrd dollari — Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushadigan daromad va Yevropaga qurol sotish orqali qoplanadi. Shuningdek, Ukrainada nodir yerosti metallarini qazib olish orqali AQSh davlat byudjetiga tushadigan foyda ham ushbu yordam dasturini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Qonun loyihasi nafaqat to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy yordamni, balki AQSh qurolli kuchlarining zaxiralarini to‘ldirish xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor Ukrainaga jo‘natilgan eski qurol-aslahalar o‘rnini bosadigan yangi harbiy texnikalar xaridiga qaratilgan.

Eng muhimi — loyiha prezidentga Ukrainaga qurol yetkazishni Kongress tasdiqisiz amalga oshirish huquqini beradi. Bu AQSh rahbariyatining Kiyevga yordam berish jarayonini yanada tezlashtiradi.

Ma’lumot uchun, AQSh Kongressi 2022 yil fevralidagi urush boshlanganidan beri Ukrainaga beshta yordam paketi orqali jami 174 mlrd dollar ajratgan. Ularning eng oxirgisi — 61 mlrd dollarlik paket 2024 yil aprelida tasdiqlangan edi. Shu bilan birga, Jo Bayden prezidentligi davrida ham hali to‘liq sarflanmagan 4 mlrd dollar mavjud.

Kiritildi: 16:33 02.08.2025. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!