Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh senatorlari Ukrainaga 54,6 milliard dollar ajratishni taklif qilishdi

AQSh senatorlari Ukrainaga 54,6 milliard dollar ajratishni taklif qilishdi

The New York Times nashriga ko‘ra, demokrat senator Jinn Shahin va respublikachi senator Liza Murkovski kelgusi ikki yil davomida Ukrainaga 54,6 milliard dollar miqdorida yordam ajratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Kongressga kiritgan.

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ning uchdan bir qismini (18,2 mlrd dollar) Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlardan, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlariga qurol sotishdan keladigan olinadigan foyda hisobidan moliyalashtirish taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, AQSh kompaniyalari tomonidan Ukrainada nodir yer metallarini qazib olishdan ko‘riladigan foydani ham bu dasturga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

Qonun loyihasi nafaqat harbiy yordamni, balki AQShning o‘z mudofaa zaxiralarini to‘ldirishni ham nazarda tutadi. Mablag‘larning asosiy qismi Ukrainaga yuborilgan qurollar o‘rniga yangi qurollarni xarid qilishga sarflanadi. Shuningdek, bu qonun loyihasi AQSh prezidentiga Kongress roziligisiz Ukrainaga qurol yetkazib berishga ruxsat beradi.

"Biroq mazkur qonun loyihasi hozirda Senat va Kongressda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘pgan Respublikachilar partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi mumkin", deya yozmoqda The New York Times.

Kiritildi: 22:47 01.08.2025. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!