AQShning yetti senatori — to‘rt nafar respublikachi va uch nafar demokrat — prezident Donald Trampdan Vladimir Putin bilan erishilgan Rossiyadan dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Senatorlar Rossiya energiya resurslari importi 2022 yilda Kongress tomonidan taqiqlanganini eslatdi. Ularning ta’kidlashicha, bu taqiq AQSh mablag‘larining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga sarflanishining oldini olishga qaratilgan.
“Rossiya Ukrainada tinch aholini o‘ldirishda davom etayotgan bir paytda, Putinga moliyaviy tayanch berish mumkin emas”, — deyiladi senatorlar bayonotida.
Shuningdek, senatorlar Tramp ma’muriyati qarorni qabul qilishdan oldin Kongress bilan maslahatlashmagani va uning sabablarini tushuntirmaganini bildirgan.