Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh senatorlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berishni talab qilmoqda — Reuters

AQSh senatorlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga berishni talab qilmoqda — Reuters

Qo‘shma Shtatlar Kongressining Respublikachi va Demokratik partiyalari vakillaridan iborat senatorlar guruhi Rossiyaning muzlatilgan 300 milliard dollardan ortiq aktivlarini musodara qilish va ularni Ukrainaga yordam sifatida yo‘naltirishga chaqirdi.

Nashrga ko‘ra, senatorlar bu masala yuzasidan AQSh davlat kotibi Marko Rubioga maktub yo‘llagan. Qayd etish joizki, shu paytga qadar Vashington Kiyevni faqat Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadlar orqali qo‘llab-quvvatlab kelayotgan edi.

Senatorlar, shuningdek, Rossiyaga bosimni kuchaytirish va urushni to‘xtatish uchun Oq uy qanday moliyaviy vositalardan foydalanishga tayyor ekanini aniqlashga harakat qilmoqda.

Maktubga respublikachi senatorlar Todd Yang va Lindsi Grem, shuningdek, demokratlar Richard Blyumental va Tim Keyn imzo chekkan. Reuters'ning ta’kidlashicha, bu maktub yuqori lavozimli respublikachilarning Moskvaga nisbatan keskin choralar ko‘rishga ochiq chaqiriq qilishining kamdan-kam uchraydigan misollaridan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 12:53 25.03.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!