Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Senati hukumatni moliyalashtirish haqida qaror qabul qildi

AQSh Senati hukumatni moliyalashtirish haqida qaror qabul qildi

Tarixdagi eng uzoq davom etgan shatdaun yakunlanish arafasida. AQSh Senati hukumatni 2026 yil yanvar oyi oxirigacha to‘liq moliyalashtirish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu qaror demokratlar safidan chiqqan sakkiz nafar senatorning «ha» deb ovoz berishi tufayli qabul qilindi.

Endilikda bu qarorni 12 noyabr kuni yig‘iladigan Vakillar palatasi ma’qullashi kerak. Shundan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp hujjatni imzolaydi va shatdaun rasman yakunlanadi.

Avvalroq demokratlar respublikachilarning barcha qarorlarini to‘sib qo‘ygan edilar — ular Affordable Care Act (qo‘llanishdagi tibbiy sug‘urta dasturi) bo‘yicha subsidiyalarga kafolat talab qilgan. Endi esa millionlab amerikaliklar siyosiy bo‘hron tugaydi, deb umid qilmoqda — mamlakat yana odatiy ritmda ishlashi mumkin bo‘ladi.

So‘nggi haftalarda AQShda jamoat hayoti qisman falaj bo‘lgandi. Bir milliondan ortiq davlat xizmatchilari maoshsiz qoldi, 42 million aholi oziq-ovqat yordamidan mahrum bo‘ldi. Aeroportlarda xodimlar yetishmasligi kuzatildi, faqat 9 noyabr kunining o‘zida 2000 dan ortiq reys bekor qilindi.

«Ko‘rinib turibdiki, biz shatdaunning oxiriga yaqinlashmoqdamiz», — dedi Tramp yakshanba kuni kechqurun. — «Biz bu mamlakatga noqonuniy yo‘l bilan kelgan muhojirlarga katta miqdorda yoki umuman pul ajratishga hech qachon rozi bo‘lmaymiz».

Hukumatni moliyalashtirish bo‘yicha qarorga ko‘ra, ishdan bo‘shatilgan federal xizmatchilar o‘z lavozimlariga qaytariladi. Shuningdek, oziq-ovqat talonlari dasturini moliyalashtirish 2026 yilgacha tiklanadi.

Kiritildi: 19:26 11.11.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!