Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

AQSh rossiyalik tadbirkorning yaxtasini yopiq auksionga qo‘ydi

AQSh rossiyalik tadbirkorning yaxtasini yopiq auksionga qo‘ydi

AQSh rossiyalik tadbirkor Suleyman Karimovga tegishli 325 mln dollarlik yaxtani yopiq auksionga qo‘ydi.

“Amadea” nomli yaxta 2022 yilda musodara qilingan, yopiq auksion 10 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Ishtirokchilar auksionga kirish uchun 10 mln dollar garov puli to‘lashi shart.

Yaxtani saqlash oyiga 922 ming dollarga tushmoqda, shu sababli u kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.

Rossiya elitasiga tegishli uzunligi 106 metr bo‘lgan mazkur yaxta 2022 yil aprel oyidayoq Fiji orollarida to‘xtatib qo‘yilgan edi. Amerika tomonining ta’kidlashicha, kemaning haqiqiy egasi Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini tufayli sanksiyalar qo‘llanilgan Kerimovdir. Milliarderning o‘zi esa kemaga aloqadorligini inkor etgan.

Kiritildi: 21:26 06.08.2025. O'qildi: 827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!