Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar nazorati bo‘yicha qo‘shma guruhlardagi ishtirokini qisqartirmoqda

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar nazorati bo‘yicha qo‘shma guruhlardagi ishtirokini qisqartirmoqda

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar nazorati bo‘yicha qo‘shma guruhlardagi ishtirokini qisqartirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Evropa amaldorlarining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning yangi ma’muriyati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinishlarining oldini olish uchun tashkil etilgan xalqaro ishchi guruhlarda deyarli qatnashmayapti.

Shuningdek, AQSh vakillari Rossiya neftning G7 davlatlar tomonidan belgilangan yuu narx chegarasiga rioya etilishini nazorat qiluvchi guruhda ham faollik ko‘rsatmayotgani aytilmoqda. Yevropa rasmiylarining fikricha, bu vaziyat AQShning ushbu guruhlardagi ishtirokini ataylab qisqartirgani bilan bog‘liqmi yoki shunchaki yetarli xodimlarga ega emasligi bilanmi – hozircha noma’lum.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim muhokamalarda AQSh tomonidan kam vakolatlarga ega past martabali rasmiylar ishtirok etgan xolos.

Kiritildi: 16:21 21.03.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!