Bugun 25 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSH, Rossiya va Xitoy Ukrainaga qarshi yagona frontda

AQSH, Rossiya va Xitoy Ukrainaga qarshi yagona frontda

Financial Times gazetasi manbalariga ko‘ra, AQSh BMT Xavfsizlik kengashida Rossiya va Xitoy bilan birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlarga qarshi chiqishi mumkin.

Vashington bosqinning uch yilligi munosabati bilan BMT Bosh Assambleyasi rezolyusiyasining Yevropa-Ukraina versiyasini rad etib, o‘z versiyasini taklif qildi. Unda "Ukrainaning harakatlari Rossiyaning harakatlariga tenglashtiriladi." Shuningdek, rezolyusiyada "Rossiya-Ukraina mojarosida insonlar hayotining fojiali yo‘qotilishi" haqida so‘z yuritiladi.

"Bu [amerikacha] ta’rif, shubhasiz, biz uchun qabul qilib bo‘lmaydi. Bularning barchasi o‘zaro bog‘liq va AQShning keng ko‘lamli pozisiya o‘zgarishining bir qismidir," deb ta’kidlaydi manba.

Amaldorlar "qarshilik BMT Xavfsizlik Kengashigacha yetib borishi va AQSh G‘arbiy Yevropaning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga qarshi Rossiya va Xitoy tomonida turishi mumkin" deb aytishdi. Eslatib o‘tamiz, ilgari Qo‘shma Shtatlar G7 bayonotini ham qayta yozib, undan barcha "Ukrainaga xayrixoh" bayonotlar va Rossiyani qoralashlarni olib tashlagan edi. Ommaviy axborot vositalari bu muzokaralar jarayonini izdan chiqarmaslik uchun qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 20:24 24.02.2025. O'qildi: 1337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!