Vashington ma’muriyatining fikricha, agar Qo‘shma Shtatlar Rossiya neftini xaridorlarga qarshi ikkilamchi sanksiyalar qo‘llasa, bu choralar Amerika ittifoqchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Stokgolmda Xitoy tomoni bilan bo‘lib o‘tgan savdo muzokaralaridan so‘ng ma’lum qilgan.
"Biz bir qancha yevropalik hamkorlarimizdan, NATO ittifoqchilaridan, hatto Kanadadan ham ular ham shunga ergashishlarini eshitdik", — dedi AQSh moliya vaziri Vashingtonning Rossiya neftini sotib oluvchi mamlakatlarga import bojlari joriy etishi ehtimoli haqida gapirar ekan. "Shunday ekan, biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb ittifoqining aksariyati ham xuddi shunday yo‘l tutishini kutgan bo‘lardik. Sanksiya ostidagi Rossiya neftini sotib olgan har bir kishi bunga tayyor bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman", - deya ta’kidladi Bessent.
Xitoy tomoni Rossiya neftini kelgusida xarid qilishning mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida ogohlantirilganmi, degan savolga vazir ijobiy javob berdi. Xitoy vakillarining munosabati haqida gapirar ekan, Bessent ta’kidladi: "Xitoyliklar o‘z suverenitetiga juda jiddiy qarashadi. Biz ularning suverenitetiga tajovuz qilishni xohlamaymiz, shuning uchun ular bojlarni 100 foiz to‘lashni xohlashadi".