"Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi Rossiya neftining dengiz orqali yetkazib berilishiga ruxsat beruvchi lisenziya muddatini 30 kunga uzaytirdi", — deb ma’lum qildi Moliya vazirligi rahbari Skott Bescent.
Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror "eng zaif davlatlarga hozirda dengizda qolib ketgan Rossiya neftidan vaqtincha foydalanish imkoniyatini yaratish uchun" qabul qilingan.
"Ushbu uzaytirish qo‘shimcha moslashuvchanlikni ta’minlaydi va biz zarur bo‘lganda aniq lisenziyalarni taqdim etish uchun mazkur davlatlar bilan birgalikda ishlaymiz. Ushbu umumiy lisenziya xom neft bozorini barqarorlashtirishga hamda neftni energetika jihatidan eng zaif bo‘lgan mamlakatlarga yetkazib berishni ta’minlashga yordam beradi", — deyiladi uning bayonotida.
Qo‘shma Shtatlarning Rossiya nefti eksportiga nisbatan kiritgan yengilliklari 13 mart kuni Erondagi urush sababli energiya resurslari narxining oshishi fonida joriy etilgan edi. Dastlab u 30 kun davomida, 11 aprelgacha, amal qilgan, so‘ngra muddat 16 maygacha uzaytirilgan edi.